Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » Sog'lom jamoa-kuchli natija!

Sog'lom jamoa-kuchli natija!

29-06-2026, 10:27
30
Sog'lom jamoa-kuchli natija!
Qo'shko'pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limida xodimlar o'rtasida shaxmat va shashka bo'yicha o'yinlar o'tkazildi.
Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlarning fikrlash salohiyatini oshirish hamda jamoada ahillik muhitini mustahkamlashga qaratildi.
♟️ Unda bo‘limning turli yoshdagi xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlash, sabr-toqat va strategik yondashuv ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
🌱 Ushbu kabi tadbirlar xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport va intellektual o‘yinlarga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📢 Sanepidqo‘mita Qo'shko'pir tumani Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.