Milliy qadriyatlar - e'tibor markazida
Milliy qadriyatlar - e'tibor markazida
🍀Haftaning har juma kuni mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, an’analarimizni keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🍀Mazkur tashabbus doirasida Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Qo'shko'pir tuman bo‘limi ishchi-xodimlari har juma kuni o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurib, milliylik ruhini namoyon etib kelmoqdalar.
🍀Ayollarning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari xalqimizning boy madaniy merosini ifodalab, ish muhitiga o‘ziga xos fayz bag‘ishlaydi.
🍀Milliy liboslar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni qadrlash va yosh avlodga bebaho merosni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi Axborot xizmati

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.