Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Mahallabay ishlash tizmi doirasida tadbirlar o'tkazildi.

Mahallabay ishlash tizmi doirasida tadbirlar o'tkazildi.

12-09-2025, 14:51
10
Qo‘shko‘pir tumani “Bog‘zor” va “Shixobod” mahallalarida mahallabay ishlash tizimi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan aholiga gijja kasalliklari va virusli gepatit A haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari va ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
  Tadbir davomida berilgan asosiy tavsiyalar:

-shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;

-qo‘llarni muntazam ravishda sovunlab yuvish;

-ichimlik suvidan faqat qaynatilgan yoki sanitariya talablariga javob beradigan manbalardan foydalanish;

-meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish.

Tadbirda mahalla raislari, mahalla faollari va fuqarolar faol ishtirok etib, ushbu masalalarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur targ‘ibot ishlari aholining sanitariya-gigiyena savodxonligini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.