Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Qo‘shko‘pir tumani “Nezaxos” va “Polvon” mahallalarida mahallabay ishlash tizimi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Qo‘shko‘pir tumani “Nezaxos” va “Polvon” mahallalarida mahallabay ishlash tizimi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

27-10-2025, 16:15
15
Qo‘shko‘pir tumani “Nezaxos” va “Polvon” mahallalarida mahallabay ishlash tizimi doirasida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Bo'lim boshlig'i M.R.Yusupov va mutaxassislar qatnashib, quyidagi mavzularda tushuntirishlar berildi:Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tushunchalarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan aholiga gijja kasalliklari va virusli gepatit A haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari va ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
  Tadbir davomida berilgan asosiy tavsiyalar:

-shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish;

-qo‘llarni muntazam ravishda sovunlab yuvish;

-ichimlik suvidan faqat qaynatilgan yoki sanitariya talablariga javob beradigan manbalardan foydalanish;

-meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish.

Tadbirda mahalla raislari, mahalla faollari va fuqarolar faol ishtirok etib, ushbu masalalarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mazkur targ‘ibot ishlari aholining sanitariya-gigiyena savodxonligini oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.