Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.

17-09-2025, 14:43
5
Qo‘shko‘pir tumani Yoshlik mahallasining Nurafshon va Hamdo‘stlik ko‘chalari xonadonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni targ‘ib etish ishlari o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida aholiga:

gigiyenik qoidalarga rioya qilish,

ovqatlanish madaniyatiga e’tibor berish,

ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash,

gijja va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish yo‘llari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, uyushmagan bolalar soskov usulida mikroskop yordamida gijja kasalligiga tekshirildi. Bu orqali bolalar sog‘lig‘ini nazorat qilish va parazitar kasalliklarning erta oldini olish imkoniyati yaratildi.

Bunday tadbirlar aholining sanitariya-gigiyena savodxonligini oshirish, bolalar va kattalar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.