Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

2-09-2025, 15:02
15
San epid qo'mitasi Qo‘shko‘pir tumani xodimlari tomonidan Shixobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Abdurauf Fitrat ko‘chasidagi xonadonlarda sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.


Mutaxassislar tomonidan aholiga tozalikka rioya qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va gigiena qoidalarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi uyushmagan bolalar “soskov” usulida mikroskop yordamida gijja kasalligiga tekshirildi. Bu sanitariya targ'ibot ishining maqsadi – aholining, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘ini himoya qilish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdan iboratdir.
Ushbu targ‘ibot ishlari orqali aholiga o‘z sog‘lig‘ini asrash, uy va hovlida tozalikni ta’minlash, ovqatlanish madaniyatiga rioya qilish kabi muhim jihatlar eslatildi va eslatmalar tarqatildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.