Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » O‘quvchilar salomatligi – diqqat markazida

O‘quvchilar salomatligi – diqqat markazida

9-09-2025, 15:23
11
Qo‘shko‘pir tumani Ilg‘aldi va Sherobod mahallasida joylashgan 30-31-son maktabda reja asosida o‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida barcha sinf o‘quvchilari soskov usulida laborator tekshiruvdan o‘tkazildi. Namuna mikroskop yordamida tahlil qilinib, gijja (gelmint) kasalliklarini erta aniqlash imkoniyati yaratildi.
Shu kabi muntazam nazorat ishlari nafaqat kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, balki ularning tarqalishining oldini olishga ham xizmat qiladi. Tadbir davomida bolalar va ularning ota-onalariga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni toza tutish va ovqatlanish gigiyenasi haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Sanitariya-epidemiologiya xodimlari ta’kidlaganidek, bunday profilaktik ko‘riklar o‘quvchilarning sog‘lom ulg‘ayishi, darslarda faol bo‘lishi va kelgusida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Qo'shko'pir tumani Bekobod maxallasida joylashgan 32-son maktabda reja asosida o'quvchilarni soskov usulda mikroskop yordamida gijjaga tekshirish jarayoni
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.