Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

6-10-2025, 15:42
6
 Botulizmdan ehtiyot bo‘ling!

Botulizm — bu oziq-ovqat orqali yuqadigan og‘ir zaharlanish kasalligi bo‘lib, Clostridium botulinum bakteriyasi ajratadigan zahar (toksin) tufayli yuzaga keladi.

Kasallik asosan quyidagi holatlarda kelib chiqadi:

Uy sharoitida to‘g‘ri sterilizatsiya qilinmagan konservalarni iste’mol qilishda;

Tuzlangan baliq, kolbasa, dudlangan mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya qilinmaganda;

Yopiq idishdagi konservalar shishgan, hidi o‘zgargan bo‘lsa, ularni iste’mol qilish xavfli!


Botulizmning belgilari:
 -Holsizlik, bosh og‘rishi
 -Ko‘rishning xiralashishi
 -Til va tomoq mushaklarining falajlanishi
 -Ko‘ngil aynishi, qusish

Oldini olish choralar:
-Uyda konservalangan mahsulotlarni tayyorlashda qoidalarga qat’iy rioya qiling
-Konserva bankalari shishgan bo‘lsa, ochmang
-Ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyorlangan, sertifikatlangan mahsulotlarni tanlang
-Shubhali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang

  Kasallik belgilari paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.