Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » BIOLOGIK FAOL QO‘ShIMChALAR DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI

BIOLOGIK FAOL QO‘ShIMChALAR DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI

30-09-2025, 15:51
10
BIOLOGIK FAOL QO‘ShIMChALAR DORI VOSITASI HISOBLANMAYDI

❇️ Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida yorliqlarida “BFQ/BAD va dori vositasi hisoblanmaydi” deb yozilgan mahsulotlar reklamasi ko‘p uchramoqda. 
❇️ O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda ushbu mahsulotlar funksional ovqatlanish mahsulotlari hamda profilaktik ovqatlanish oziq-ovqat mahsulotlari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
❇️ Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan gigienik talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2019 yil 6 iyunda tasdiqlangan 0367-19-sonli «Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‘yiladigan gigienik talablar» to‘g‘risidagi sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiena normativlarida belgilangan. 
❇️ Ushbu hujjatga ko‘ra,
❇️ funksional ovqatlanish mahsulotlari (functional food) – ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanishi xavfini kamaytirish hamda (yoki) oziqlantiruvchi moddalar tanqisligini to‘ldirish, oldini olish, salomatlikni saqlash va yaxshilashga yo‘naltirilgan funksional ingredientlardan tarkib topgan tabiiy ovqatlanish mahsulotlari;
❇️ profilaktik ovqatlanish oziq-ovqat mahsuloti – tabiiy tarkibiga nisbatan alohida moddalar tarkibi va (yoki) mutanosibligi o‘zgartirilgan va (yoki) tarkibida avvaldan bo‘lmagan moddalar yoki komponentlar kiritilgan uglevod, yog‘, oqsil, vitamin va boshqa moddalar almashinuvini tartibga solish uchun mo‘ljallangan maxsus oziq-ovqat mahsuloti, shuningdek, kasb kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsuloti.
❇️ Ommaviy axborot vositalaridalarda berilayotgan ayrim reklamalarda iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumotlardan foydalanilayotganligi sababli aholi orasida tushunmovchiliklar (BFQ/BADlarni dori vositasi sifatida, qaysidir bir kasallikdan davolanish yoki forig‘ bo‘lmish maqsadida qabul qilish holatlari) kelib chiqmoqda.
❇️ Biologik faol qo‘shimchalar ba’zi OAVlarida targ‘ibotchilar tomonidan  ta’kidlanayotganidek, davolovchi ta’sirga ega emas, negaki, uning tarkibidagi biologik faol moddalar miqdori (dozasi) terapevtik dozaga nisbatan bir necha barobar past bo‘lib, asosan organizmning nutrientlarga bo‘lgan sutkalik (fiziologik) ehtiyojini ta’minlashga (to‘ldirishga) qaratilgan.
                                                                                                      San epid qo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.