Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Baliq mahsulotlarini iste’mol qilishning inson salomatligiga foydasi

Baliq mahsulotlarini iste’mol qilishning inson salomatligiga foydasi

4-08-2026, 09:25
16
Baliq mahsulotlarini iste’mol qilishning inson salomatligiga foydasi

Baliq mahsulotlari yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari sirasiga kiradi. Ularning tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oqsillar, omega-3 yog‘ kislotalari, vitaminlar (A, D, B guruhi) hamda mikroelementlar mavjud.

Omega-3 yog‘ kislotalari yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ateroskleroz, gipertoniya va boshqa yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, baliq mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, xotira va diqqatni mustahkamlaydi.

Bundan tashqari, baliq tarkibidagi D vitamini suyak va tishlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, organizmning immun tizimini kuchaytiradi. Parhezbop mahsulot sifatida baliq ortiqcha vaznning oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Shu munosabat bilan, aholiga haftasiga kamida 2–3 marotaba baliq mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Baliqni to‘g‘ri tayyorlash, ya’ni qovurmasdan, bug‘da pishirish yoki qaynatish orqali iste’mol qilish sog‘liq uchun yanada foydali hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.