📢 G‘ozovot dehqon bozorida radioleksiya o‘tkazildi
📢 Gʻozovot dehqon bozorida radioleksiya oʻtkazildi
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi xodimlari tomonidan Gʻozovot dehqon bozori hududida aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbiri doirasida radioleksiya tashkil etildi.
🦠 Radioleksiya davomida fuqarolarga quyidagi kasalliklar boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berildi:
🔹 Quturish kasalligi
🔹 Qrim-Kongo gemorragik isitmasi (KKGI)
🔹 Virusli gepatit A
💡 Mutaxassislar tomonidan mazkur kasalliklarning yuqish yoʻllari, klinik belgilari, xavf omillari hamda samarali profilaktika choralari haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
📊 Shuningdek, aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri saqlash va xavfsiz isteʼmol qilish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔰 Ushbu tadbir aholi oʻrtasida sanitariya madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.












