Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Xosiyon bozorida prafilaktik tadbirlar

Xosiyon bozorida prafilaktik tadbirlar

2-07-2026, 14:30
36
Xosiyon bozorida prafilaktik tadbirlar
Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi hamda IIB veterinariya bo‘limi mutaxassislari hamkorligida tumandagi “Xosiyon” dehqon bozori go‘sht savdo rastalarida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida go‘sht mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, ularni saqlash va realizatsiya qilish sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, sotuvchilarning maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi tibbiy daftarchalarining mavjudligi hamda savdo nuqtalaridagi umumiy sanitariya-tozalik holati nazoratdan o‘tkazildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar aholi salomatligini muhofaza qilish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.