Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Sanitariya-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

Sanitariya-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

25-08-2026, 15:32
41
Sanitariya-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot tadbirlari muntazam davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar tumandagi “Dovud” mahallasi, “Shark” ko‘chasida joylashgan xonadonlarda tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan aholiga:
🔹 yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish;
🔹 oziq-ovqat hamda alkogol mahsulotlaridan zaharlanish xavfini kamaytirish;
🔹 kundalik hayotda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xonadonlarning ichki qismi va hojatxonalarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — aholining, ayniqsa bolalarning salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va ularning tarqalish xavfini kamaytirishdan iborat.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.