Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

27-07-2026, 16:38
21
Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Navbatdagi sanitariya-targ'ibot tadbirlari tumandagi "Bog'zor" mahallasi, "Vatanparvar" ko'chasida joylashgan xonadonlarda tashkil etildi. 
Mutaxassislar aholiga quyidagi masalalarda tushuntirish berishdi:
🔹 Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish;
🔹 Oziq-ovqat va alkogol mahsulotlaridan zaharlanish xavfini kamaytirish;
🔹 Kundalik hayotda sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish.
Mazkur tadbirlarning bosh maqsadi — aholining, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, turli kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning tarqalish xavfini bartaraf etishdan iboratdir.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.