Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Tagalak mahallasida sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Tagalak mahallasida sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.

23-06-2026, 15:36
35
Tagalak mahallasida sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi xodimlari tomonidan aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Navbatdagi sanitariya-targ'ibot tadbirlari tumandagi "Tagalak" mahallasi, "Koinot" ko'chasida joylashgan xonadonlarda tashkil etildi. 
Mutaxassislar aholiga quyidagi masalalarda tushuntirish berishdi:
🔹 Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish;
🔹 Ozi-ovqat va alkogol mahsulotlaridan zaharlanish xavfini kamaytirish;
🔹 Kundalik hayotda sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish.
Mazkur tadbirlarning bosh maqsadi — aholining, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, turli kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning tarqalish xavfini bartaraf etishdan iboratdir.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi                                                                        
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.