📢 Muhim ma’lumot!
📢 Muhim ma’lumot!“Xorazm ma’rifati” gazetasining 2026-yil 15-may sonida aholi salomatligi uchun dolzarb bo‘lgan Krim-Kongo gemorragik isitmasi hamda kuydirgi (sibirskiy yara) kasalliklariga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
🦠 Maqolada quyidagilar yoritilgan: ✔️ Kasalliklarning kelib chiqish sabablari
✔️ Yuqish yo‘llari va xavf guruhlari
✔️ Dastlabki belgilar va asoratlar
✔️ Profilaktika choralariga rioya qilish
✔️ Zararlanish holatlarida birinchi yordam ko‘rsatish tartibi
⚠️ Eslatma: Ushbu kasalliklar inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa:
chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar
dala va yaylov hududlarida ishlovchilar
shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmaydiganlar
yuqori xavf guruhiga kiradi.
🛡 O‘zingizni himoya qiling:
Shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qiling
Shubhali hayvon mahsulotlaridan foydalanmang
Hasharot va kanadan himoyalaning
Belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling
📌 Xulosa:
Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish oson va samaraliroq. Shu sababli har bir fuqaro ogoh bo‘lishi zarur!
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











