Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Meningit xavfli kasallik

Meningit xavfli kasallik

22-04-2026, 11:26
34
⚠️Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan, o‘ta xavfli va tez rivojlanuvchi yuqumli kasallikdir. 

👉 Asosiy belgilari: 
✔️Tana haroratining birdan ko‘tarilishi.
✔️Chidab bo‘lmaydigan darajadagi og‘riq va ko‘ngil aynishi, qusish.
✔️Bemor boshini oldinga egib, iyagini ko‘kragiga tekkiza olmaydi.
✔️Yorqin chiroqqa qaray olmaslik (fotofobiya).
✔️Terida bosilganda yo‘qolmaydigan to‘q qizil yoki binafsharang toshmalar paydo bo‘lishi.

❗️Oldini olish choralari:  
➖Emlanish — kasallikdan himoyalanishning eng ishonchli usulidir.
➖Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, shaxsiy idish-tovoq, tish cho‘tkasi va sochiqlardan alohida foydalanish.
➖Kasallik alomatlari bor odamlar bilan yaqin muloqotdan qochish.
➖Uy va ish joylarini muntazam shamollatish hamda namli tozalov ishlarini o‘tkazish. 
➖Immunitetni mustahkamlash — sog‘lom ovqatlanish, yetarlicha dam olish.Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.