Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!

Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!

4-12-2025, 16:32
27
Bolangizni qizamiq kasalligidan ehtiyot qiling!

Qizamiq – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘llari, ko‘z shilliq pardalari, og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi va terida qizil, yirik dog‘li toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. 


Kasallik qo‘zg‘atuvchisi virus hisoblanadi . Bemor yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari orqali havoga tushadi, keyin nafas yo‘llari orqali sog‘lom bolaning organizmiga o‘tishi bilan xavfrli.
Kasallik 4-bosqichda kechib, yashirin davri esa 6-18 kundir. Kasallik o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, bemor quruq yo‘taladi, tumov bo‘ladi, ko‘zi qizarib, yoshlanadi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi, yorug‘likka qaray olmaydi. Bu davrda lunj shilliq qavatida toshma toshishdan 2-3 kun oldin qizil mayda oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Toshma toshgandan keyin 1-2 kunda yo‘qolib ketadi. Yumshoq va qattiq tanglayning shilliq pardasida enantema mayda qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Tabiiyki, bolaning darmoni qurib, injiq bo‘lib qoladi, uyqusi, ishtahasi yo‘qoladi, tez-tez ichi ketadi.

Katta yoshli bolalarda bu jarayon bosh og‘rig‘i, qusish, burun qonashi, qorin og‘rig‘i kuzatiladi. Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalaydi, tomog‘i qizaradi. 4-6 kunga kelib o‘ziga xos qizil, yirik dog‘ toshmalar toshadi, bir necha soatdan so‘ng butun yuzga yoyiladi. Toshma ikkinchi kuni badanga, 3-kuni qo‘l-oyoqa tarqaladi. Qizamiqda teri nam bo‘lib, bir oz qichishadi. 3-4 kundan so‘ng sog‘ayish davri boshlanadi. Yuzdagi toshmalar qoraya boshlaydi va jigar rang dog‘larga aylanadi. Zotiljam (o‘pka yallig‘lanishi), tomoqning shishi, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit), ichak kasalliklari kabi asoratlar qoladi. 

Kizamiq 2 yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, boshqa yoshdagi nimjon bolalar uchun ayniqsa xavfli. Shu sababdan ularni qizamiqdan juda ehtiyot qilish kerak.

!! Agar farzandlarimiz ushbu kasalliklarga qarshi emlansa, har qanday ko‘ngilsiz holatlar bartaraf etiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.