Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Gripp va shamollash — farqi nimada?

Gripp va shamollash — farqi nimada?

6-12-2025, 11:02
27
Gripp va shamollash — farqi nimada?

Ko‘pchilik ushbu ikki kasallikni bir-biriga o‘xshatadi. Aslida esa gripp va oddiy shamollashning belgilari va kechishida katta farqlar bor.

🔹 Gripp:

✅ Belgilar to‘satdan boshlanadi

✅ Yuqori isitma (38–40°C) kuzatiladi

✅ Kuchli bosh og‘rig‘i

✅ Kuchli holsizlik, darmonsizlik

❗️Asoratlar tez rivojlanishi mumkin: pnevmoniya, bronxit va boshqalar


🔹 Shamollash:

✅ Belgilar asta-sekin rivojlanadi

✅ Isitma past yoki umuman bo‘lmasligi mumkin

✅ Burun bitishi, yengil yo‘tal

✅ Umumiy ahvol nisbatan qoniqarli

➡️ Eng muhim farq:
Gripp organizmga kuchli zarba beradi va asoratlar xavfi yuqori, shamollash esa nisbatan yengil kechadi.

Oldini olish:

✅ Qo‘llarni tez-tez yuvish

✅ Ko‘p odam to‘plangan joylardan cheklanib turish

✅ To‘g‘ri ovqatlanish, vitaminlar iste’moli

✅ Xonalarni muntazam shamollatish

✅ Grippga qarshi emlanish (eng ishonchli himoya!)

❗️Sog‘ligingizni asrang!
Gripp belgilarini sezsangiz, o‘z-o‘zingizni davolashga urinmang — shifokorga murojaat qiling.

Sanepidqoʻmita Qo'shko'pir tumani bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.