Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » 🌿 Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi

🌿 Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi

24-03-2026, 16:30
5
Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi jamoasi Navro‘z bayramini ko‘tarinki kayfiyat va yuqori ruh bilan nishonladi.
Bayram munosabati bilan muassasa hududi fayzli va bayramona muhitga keltirilib, katta doshqozonlarda sumalak tayyorlandi. Xodimlar tomonidan esa yog‘li va go‘shtli patirlar, ko‘k somsa, bo‘g‘irsoq hamda turli pishiriqlar tayyorlanib, bayram dasturxoni yanada boyitildi.
Bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Rustamovich Yusupov jamoani Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bir-biriga hurmat, hamjihatlik va do‘stona muhit uchun minnatdorchilik bildirdi.
🌸Navro‘z — yangilanish, ezgulik va bahor bayramidir. Bu qutlug‘ ayyom barchamizga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik olib kelsin!

Navro‘z bayrami muborak!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.