Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » 💐🎊Ayollarga hurmat va e`tibor ko`rsatildi.

💐🎊Ayollarga hurmat va e`tibor ko`rsatildi.

7-03-2026, 11:04
11
2025-yil 7-mart kuni Qo‘shko‘pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbirigi tashkil etildi. Bo‘lim rahbari Muzaffar Rustamovich Yusupov hamda muassasa yigitlari ayol xodimlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabrikladilar.
Rahbar o‘z tabrigida bo‘lim faoliyatida erishilayotgan yutuqlarda tashkilotda faoliyat yuritayotgan ayollarning o‘rni, ularning bilim va salohiyati, shuningdek fidoyiligi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, barcha xodimalarga ezgu tilak va samimiy istaklar bildirildi. Bayram tabriklari va yaxshi tilaklar davom etib, tadbir bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.