CHoponlarga qo'yilgan gigienik talablar
CHarvochilik -ajdodlarimiz tamonidan etti xazinani biri xisoblangan qoramolchilik,ot boqish,qo'ychilik chorvochilikni yonalishlaridan xisoblanadi.Qo'y boqish bilan shug'ullanuvchi (chorvodorlarga) choponlar o'zlari kasallanmasligi va kasallikni axoliga tarqatmasliklari uchun quyidagi sanitariya gigiena talablariga rioya qilishlari tavsiya qilinadi.1.Qoylarni (mollarni) parvarish qilish,junini qirqish,tugish jaroyonida ishtirok qilganda maxsus kiyim va etiklarda ishlashlari,kiyimlar turli begona narsalarni o'zida ushlab qolmaydigan,tozalashga qulay materialdan bo'lishi lozim.2.Qirqim jaroyonida cho'ponlar maxsus aspirasiya niqoblaridan foydalansalar turli allergik bronxit yoki kuydirgi kasalligini o'pka turidan o'zlarini himoya qilgan bo'ladilar.3.O"zbekiston Respublikasi Sog'likni Saqlash Vazirligini 2015 yil 23yanvardagi 37 sonli buyrug'i "Axoli o'rtasida brusellyoz kasalligini oldini olish chora tadbirlarini tashkil qilish va o'tkazish to'g'risida " 3 ilovasiga asosan cho'ponlar(chorvodorlar) yilda 1 marta bakteriologik taxlilgoxga qon namunasi topshirib,brusellyoz kasalligiga tekshirilishi lozim.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring