Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Bozorlarga qo'yilgan sanitariya talablari

Bozorlarga qo'yilgan sanitariya talablari

17-04-2025, 11:11
13
O'zbekiston Respublikasida Bozorlarga qo'yilgan sanitariya talablari amaldagi  0035-22-sonli Sanitariya Qoida va Me'yorlari asosida olib boriladi.Me'yoriy xujjat 9ta bobdan iborat bo'lib,talablar axoliga qulaylik yaratish va axoli salomatligini saqlashga qaratilgan .
1-Bob.Dexqon bozorlari hududiga qo'yilgan sanitariya talablari.
1. Epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bozor hududi quyidagilarga bo‘linadi:
savdo-sotiq rastasi;
ma’muriy-omborxona (ma’muriy-maishiy xonalar, bozor xodimlari ovqatlanishi uchun umumiy ovqatlanish joylari, omborxonalar);
xaridorlar uchun obodonlashtirilgan bozor ichki yo‘laklari;
transport vositalari turar joyi;
xo‘jalik, chiqindi yig‘ish maydoni.
2. Ko‘p miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini avtomashinalarda sotish uchun bozor hududida yuk avtomashinalarining kirib chiqishini ta’minlaydigan maydon bo‘lishi lozim.
3. Chiqindilar qopqoqli konteyner va qutilarga yig‘iladi. Mazkur konteyner va qutilar eri qattiq qoplamaga ega bo‘lgan, atrofi to‘silgan maydonchaga joylashtiriladi.
Bunda, chiqindi yig‘ish maydonchasi savdo hududidan kamida 25 metr uzoqlikda bo‘lishi, shuningdek bozor hududining har 250 m2 maydoniga 1 ta konteyner o‘rnatilishi lozim.
Konteynerlar va chiqindi yig‘ish idishlari bozor hududidan sutkasiga kamida bir marta olib ketilishi zarur. Chiqindilarni bozor hududida yoqib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Bozor hududi savdo boshlanishidan avval va tugatilganidan so‘ng tozalanadi. Qish mavsumida bozor hududi (kirish yo‘llari va yo‘laklar) qor va muzdan muntazam tozalab turilishi kerak.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.