UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIGA QO`YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarining sharoiti va o‘qishni tashkil etilishiga oid sanitariya-epidemiologik talablari to‘g‘risida”gi sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari (SanQvaN)ga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sanitariya-gigiena shoxobchalari (hojatxonalar) qurilishida quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
- har bir qavatda qiz va o‘g‘il bolalar uchun xojatxona bo‘lishi lozim.
- 20 ta qizbola uchun 1 ta hojatxona, 30 ta qizbolaga 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi bo‘lishi kerak.
- 40 ta o‘g‘ilbolaga 1 ta xojatxona, 1 ta pisuar, 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi talab etiladi;
- xodimlar uchun 1 ta hojatxona va 1 ta qo‘l yuvish rakovinasi bo‘lishi kerak.
- hovlida tashkil etilgan hojatxonalar o‘quv binosidan 20 m dan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan
bo‘lishi, - eshik va deraza-oynalarga ega bo‘lishi hamda alohida kabinka yoki to‘siqlar bo‘lishi kerak.
- Umumta’lim maktabining imkoniyatidan kelib chiqib, 25 ta qizbolaga bitta o‘rin soni, 50 ta o‘g‘ilbolaga bitta o‘rin va pissuar ajratish tavsiya etiladi.
- Shuningdek o‘qituvchilar uchun alohida hojatxona tashkil etiladi. Hojatxona teshiklari kichik o‘lchamli, oyoq tayanchlari bo‘lishi kerak.
- Pol qismi esa sirpanmaydigan, bitonli bo‘lishi lozim.
Binoda markazlashgan ichimlik suvi bo‘lmasa, mahalliy quduqlar (himoyalangan, qazilgan) tashkil etilishiga ruxsat beriladi va suv UzDSt 950:2011 “Ichimlik suvi” standarti talablariga javob berishi lozim.
Qo‘l yuvish uchun ehtiyojdan kelib chiqib, jihozlar qo‘yish tavsiya etiladi.