Leyshmanioz qanday kasallik
Leyshmanioz — odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Koʻproq tropik va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qoʻzgʻatadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi.Respublikamizda tabiiy o`choqlar mavjud bo`lib,vistserral va zoonoz teri shakli ko`p uchraydi.Odam va hayvonlarda uchraydi.Transmissiv kasallik,Leyshmanialar qo`zg`atadi,infeksiya manmai kemiruvchilar,maskitlar chaqishi natijasida yuqadi.Kasallikni oldini olishda quyidagilarga rioya qilish lozim.
• deratizatsiya o‘tkazish - qishloq aholi punktlari va dala ishlari o‘tkaziladigan uchastkalariga yaqin joylardagi yovvoyi kemiruvchilarni yo‘q qilish;
• moskitlarning ko‘payish joylaridan uchib chiqayotgan sonini kamaytirish maqsadida aholi punktlarida doimiy ravishda tozalikni ushlab turish kerak, uy va molxonadan chiqadigan chiqindilarni zich yopiladigan qopqoqli yashiklarda ushlash kerak, hamda yig‘ilishiga qarab muntazam ravishda alohida ajratilgan mahsus maydonga chiqarib ularni u yerda yoqish yoki zararsizlantirish zarur.
• Doimiy ravishda uylarning yerto‘lalari, sabzavot saqlanadigan binolar, molxona va uy parrandalari turadigan binolarning ozodaligini nazoratda ushlash kerak.
• Shahar va boshqa aholi punktlarida daydi itlarni yo‘q qilish kerak, hamda xizmatdagi va xonadon itlari doimo veterinariya nazorati ostida bo‘lishi shart.
• Moskitlardan himoyalanish uchun albatda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash, – pashshaxonalar, oyna va eshiklarga setka tutish maqsadga muvofiqdir.
• Kechki vaqtda hashoratlarning chaqishidan himoyalanish uchun uzun yengli ko‘ylak va shim kiyish zarur.
• Ochiq havoda ishlaganda tananing ochiq qolgan joylarini moskitlar chaqishidan himoyalash uchun repelentlardan foydalanish kerak.
• Qishloq ho‘jalik mavsumiy ishlarga jalb qilingan ishchilarning yotog‘i epidemik mavsumda zoonoz teri leyshmaniozining tabiiy o‘chog‘idan 2 km masofa uzoqligida joylashtirilishi tavsiya etiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsiy himoya choralariga rioya qilish natijasida tabiiy o‘choqda ham leyshmanioz bilan zararlanish ehtimolidan holi bo‘lish yoki zararlanish havfini pasaytirish mumkin.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring