Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 🦠Qizilcha va Suvchechak kasalliklarining farqi

🦠Qizilcha va Suvchechak kasalliklarining farqi

18-03-2026, 15:38
7
🦠Qizilcha va Suvchechak kasalliklarining farqi 

                              🔴  Keltirib chiqaradigan viruslari
Qizilcha  (rubella)  virus keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik 
Suv chechak (tovuq chechagi) — Varicella-zoster virusi keltirib chiqaradigan oʻtkir yuqumli kasallik

                               🔴 Yuqish yo`llari
Qizilcha-   kasal odam yoʻtalganda yoki aksirganda havoga tarqaladigan tomchilar orqali yuqadi.
Suvchechak-yoʻtalish, aksirish yoki toshmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilish orqali yuqadi.

                                🔴 Kasallik belgilari va toshmalar 
Qizilchada  tana haroratining biroz koʻtarilishi, tomoq ogʻrigʻi, orqa-bosh va boʻyin limfa tugunlarining shishishi,
Toshmalar- Qizilcha kasalligida– mayda, tekis, bir xil toshmalar. Bir vaqtda paydo bo‘lib, bir necha kun ichida izsiz yo‘qoladi!
Suvchechakda-Umumiy holsizlik,isitma, bosh ogʻrigʻi, charchoq va ishtahaning yoʻqolishi kuzatiladi.
Toshmalar- Suvchechak kasalligida– qattiq qichituvchi, suyuqlik bilan to‘la pufakchali (Vezikulali) toshmalar bo`lib,boshning sochli qismida va shilliq qavatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin!

                                   🔴 Asoratlari
Qizilcha-Homiladorlikning ilk oylarida yuqsa, tugʻma qizilcha sindromi (koʻrlik, karlik, yurak nuqsonlari)ga olib kelishi mumkin.
Suvchechak ko‘proq bolalarda uchraydi, lekin kattalarda og‘ir kechishi mumkin

                                  🔴  Davolash va profilaktika: 
Qizilcha-Maxsus davosi yoʻq, belgilariga qarab davolanadi. Eng yaxshi oldini olish usuli — MMR (qizamiq-tepki-qizilcha) vaksinasini olishdir. 
Suvchechak-Asosiy davolash simptomlarni (qichishish, isitma) kamaytirishga qaratilgan. Qichishishni kamaytirish uchun losyonlar va isitmani tushirish uchun shifokor tavsiyasi bilan dori vositalari qoʻllaniladi. Eng samarali oldini olish chorasi — suvchechakka qarshi emlash.🔰Sanepidqo`mita Qo'shko'pir tuman bo`limi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.