⚡️Qo‘SHKO‘PIR TUMANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
⚡️Qo‘SHKO‘PIR TUMANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Qo‘shko‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 8-sentabrdagi 25/26-147-son reja-grafigi hamda Xorazm viloyati hokimi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 14-sentabrdagi FM-3-2862-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir davomida kuz-qish mavsumida energetika sohasi obyektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasini oshirish, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi yo‘nalishlarida amaliy tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlarga tegishli uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatilib, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
🏥 Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi













