Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 🩺 MUTAXASSIS MASLAHATI 💉 VAKSINATSIYA — BOLANGIZNI YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYA QILADI!

🩺 MUTAXASSIS MASLAHATI 💉 VAKSINATSIYA — BOLANGIZNI YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYA QILADI!

14-09-2026, 08:39
29
🩺 MUTAXASSIS MASLAHATI

💉 VAKSINATSIYA — BOLANGIZNI YUQUMLI KASALLIKLARDAN HIMOYA QILADI!


Vaksinatsiya qizamiq, ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol, poliomiyelit va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

👶 EMLASHDAN OLDIN:

✅ Bolaning sog‘lig‘i haqida tibbiyot xodimiga to‘liq ma’lumot bering.
✅ Bolada isitma, o‘tkir kasallik yoki boshqa noxush holatlar bo‘lsa, shifokorga ayting.
✅ Emlashni faqat tibbiyot xodimi ko‘rigidan so‘ng amalga oshiring.
✅ Bolaning emlash kartasi va avvalgi emlashlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting.
✅ Shifokor tavsiyalariga amal qiling.

💉 EMLASHDAN KEYIN:

✅ Bolani tibbiyot xodimi tavsiya qilgan muddat davomida kuzatuvda saqlang.
✅ Emlangan joyda yengil qizarish, og‘riq yoki shish kuzatilishi mumkin.
✅ Bolaga yetarli suyuqlik ichiring va dam olishini ta’minlang.
✅ Tana harorati ko‘tarilsa, shifokor tavsiyasiga amal qiling.
❌ Shifokor tavsiyasisiz dori bermang.

⚠️ Nafas olish qiyinlashishi, yuz yoki tomoq shishi, hushdan ketish kabi kuchli reaksiya kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling.

📌 Farzandingizni milliy emlash taqvimiga muvofiq o‘z vaqtida emlating!

🛡️ Vaksina — kasallikdan himoyalanishning muhim vositasi!

🏥 Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.