Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Qizamiqqa qarshi emlash borasida olib borilayotgan ishlar

Qizamiqqa qarshi emlash borasida olib borilayotgan ishlar

10-02-2026, 10:18
24
🛡 QIZAMIQQA QARSHI EMLASH — BOLALAR SALOMATLIGI GAROVI!
Qizamiq — yuqumli va og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan biridir. Ushbu kasallikning oldini olishda emlash eng ishonchli va samarali himoya vositasi hisoblanadi.
🔹 Respublikamizda qizamiqqa qarshi emlashlar Milliy emlash kalendari asosida bepul amalga oshirilmoqda.
🔹 Bolalar 2 bosqichda MMR vaksinasi (qizamiq, qizilcha, parotit) bilan emlanadi.
🔹 Emlanmagan va to‘liq emlanmagan bolalarni aniqlash va qamrab olish bo‘yicha qo‘shimcha emlash tadbirlari olib borilmoqda.
🔹 Tibbiyot xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.
 Unutmang!
O‘z vaqtida emlangan bola — nafaqat o‘zini, balki atrofdagilarni ham kasallikdan himoya qiladi.
👨‍👩‍👧‍👦 Farzandingiz emlash holatini tekshiring va zarur bo‘lsa, yaqin tibbiyot muassasasiga murojaat qiling!
💉 Emlash — sog‘lom kelajak sari muhim qadam!

Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.