Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Eng ulug', eng aziz bayram

Eng ulug', eng aziz bayram

3-09-2025, 12:11
19
Qo'shko'pir tuman istirohat bog'ida mamalakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag'ishlangan bayram tantanalari bo'lib o'tdi.Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Axmedov so'zga chiqib,barchani eng ulug',eng aziz bayram-Mustaqillik bilan tabrikladi. 
U o‘z nutqida mustaqillik xalqimizga erkinlik, tinchlik va farovonlik olib kelganini, bugun yurtimizning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlar istiqlol samarasi ekanini ta’kidladi.
Bayram tadbirida xalqimizning birligi, Vatanimizga bo‘lgan sadoqati va cheksiz mehr-muhabbati o‘z ifodasini topdi.   Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang chiqishlar, folklor jamoalari ijrosi, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari namoyish etildi. Tuman ahliga bayramona kayfiyat ulashgan tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Uni asrab-avaylash, yanada mustahkamlash va kelajak avlodlarga yorug‘ meros sifatida qoldirish esa barchamizning muqaddas burchimizdir.        
Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang chiqishlar, folklor jamoalari ijrosi, xalq o‘yinlari va sport musobaqalari namoyish etildi. Tuman ahliga bayramona kayfiyat ulashgan tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi.
✨ El sevgan san’atkorlar, yosh iste’dodlar hamda tuman madaniyat bo‘limi jamoasining chiqishlarida istiqlol va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat tarannum etildi.              
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.