Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid Murojaatnoma
HURMATLI FUQAROLAR!
Bugungi kunda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so’nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantiradigan maxsus vakolatli davlat organi tashkil etilgani korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish vaqti yetganini ko‘rsatdi.
Qo’shko’pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirish uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat Rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, bu illatning oldini olish va profilaktika qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi.
Davlatimiz rahbari ham ushbu illatning naqadar xavfli ekanligini har safar takror va takror taʼkidlaydilar.
“Davlat tizimini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”
Korrupsiya xavfini baholash, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish va ularning malakasini oshirish, buning uchun samarali ichki nazorat, xususan, xodimlarga korrupsiyaga oid masalalar, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan yechimlar va boshqa chora-tadbirlar yuzasidan murojaat qilish tizimi joriy etilgan.
Davlat xizmatchisining eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va eʼtiborini qozona oladi. Shunday ekan, go’zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o’zimiz masʼul ekanligimizni unutmaylik.
Bunda vatanparvarlik, sodiqlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiining har bir xodimi jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korrupsiya xolatlari bilan bog‘liq arizalar yoki shikoyatlar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bo‘lgan har bir xodimni bo‘limning aloqa kanallari orqali xabar berishga chaqiramiz.
Xalqimiz xizmatida ekanmiz, halollikni, oshkoralikni hamda korrupsiyaga qarshi mutlaqo toqatsizlikni namoyish etishga tayyormiz.