Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyati / Korrupsiyaga qarshi kurashish » ⚡️⚡️⚡️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — MUHIM VAZIFA

⚡️⚡️⚡️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — MUHIM VAZIFA

18-09-2026, 15:37
24
⚡️⚡️⚡️ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shko‘pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Farmonda belgilangan vazifalar, korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, har bir xodimning xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarishi, korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi, aniqlangan qonunbuzilishlar haqida belgilangan tartibda xabar berishi lozimligi ta’kidlandi.

🔰 Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!

📢 Korrupsiyani yashirma — xabar ber!

Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman Axborot xizmati 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.