Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

23-07-2026, 11:56
16
Tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida tashkil etish belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida 2026-yil 23-iyul kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi boshlig‘i M.R.Yusupov tomonidan Bahoriston mahallasida faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarga mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan e’tibor hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuvda 8 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'lim Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.