Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 🌿 Hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar

🌿 Hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar

21-07-2026, 16:42
27
🌿Hududlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar
Qo‘shko‘pir tumani Oshoqqala mahallasi Oshoqqala ko‘chasidagi xonadonlarda Sanepidqo‘mita xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Obod mahalla – obod ko‘cha” dasturi doirasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔍 Tadbir davomida aholi o‘rtasida quyidagi muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi:
✅ Gijja va boshqa parazitar kasalliklarning oldini olish
✅ Virusli gepatitlar profilaktikasi
✅ Emlashning ahamiyati va o‘z vaqtida emlanish zarurati
✅ Shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish
✅ Atrof-muhit tozaligini ta’minlash
✅ Chiqindilarni to‘g‘ri utilizatsiya qilish

🤝 Mahalla faollari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu targ‘ibot tadbiri aholi salomatligini muhofaza qilish, hududda sanitariya holatini yaxshilash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.