Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » Biologik faol qo‘shimchalar dori emas

Biologik faol qo‘shimchalar dori emas

20-07-2026, 16:04
22
Biologik faol qo‘shimchalar dori emas  
♻️Biologik faol qo‘shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o‘simlik ekstraktlari, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog‘lom moddalar o‘zlashtirilishini kuchaytiradi va tananing ichki quvvatini yaxshilab, ko‘plab kasalliklar xavfini kamaytiradi.

✅Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari BFQda farmakologik va nojo‘ya ta’sirning yo‘qligi va ular dori vositasi hisoblanmasligini ma’lum qilgan.

✅Umuman olganda, biologik faol qoʻshimchalar inson organizmining fiziologik holati barqaror boʻlmagan hollarda uning funksional faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan boʻlib, ular hech qanday davolovchi xususiyatga ega emas.
Shifokorlik amaliyotida biologik faol qoʻshimchalarning “moʻjizaviy” taʼsiriga ishonib, anʼanaviy davolash usullaridan voz kechgan, yaʼni insulin qabul qilishni toʻxtatgan ayrim bemorlarda bir necha kun ichida keton tanachalari paydo boʻlishi va qand miqdori oʻta yuqorilab ketishi holatlari kuzatilgan. Oqibatda bemor giperglekemik koma holatiga tushib qolishi mumkin.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotgan biologik faol qoʻshimchalar qandli diabetga chalingan bemorlarni davolashda samara bermasligi bilan bir qatorda, salomatlikka jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

 
 BAD larni xavfsizlik darajasi va ularni Davlat ro‘yxatidan o‘tishini tegishli idoralar nazorat qiladi. Ammo ularni tekshirish maqsadida farmakologik va klinik tekshiruvlar olib borilmagani sababli, ayrim vijdonsiz ishlab chiqaruvchilar tomonidan ularning tarkibiga sifatsiz va hatto o‘zaro mos kelmaydigan komponentlar qo‘shilishi kuzatilmoqda. BAD larni qo‘llashda yoziladigan ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar rasmiy ravishda hech kim tomonidan tekshirilmaydi. Shu sababli bundy holatlarda qabul qilinayotgan preparatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish, vrachlar bilan maslahatlashish, ushbu turdagi mahsulotlarni iste’mol qilib ko‘rgan patsiyentlar mulohazalari bilan ham fikrlashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.