Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 📌 Sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

📌 Sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

15-07-2026, 16:00
21
📌 Sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazildi
Sanepidqo‘mita Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Oltin voha” mahallasi “Mashal” ko‘chasidagi xonadonlarda uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida sanitariya-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan aholiga tozalikka rioya qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va gigiena qoidalarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Gepatit A,B,C kasalliklarining oldini olish bo‘yicha aholiga foydali ma’lumotlar yetkazildi. va xonadonlarda dezinfeksiya ishlari o'tkazildi.
Ushbu targ‘ibot ishlari orqali aholiga o‘z sog‘lig‘ini asrash, uy va hovlida tozalikni ta’minlash, ovqatlanish madaniyatiga rioya qilish kabi muhim jihatlar eslatildi va tarqatmalar tarqatildi.
Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.