Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 💉 Bolangizni sil kasalligiga qarshi emlating!

💉 Bolangizni sil kasalligiga qarshi emlating!

9-07-2026, 10:20
32
💉 Bolangizni sil kasalligiga qarshi emlating!

✅Emlash bolaning immun tizimini mustahkamlaydi.
✅Kasallikka chalinish xavfini kamaytiradi.✅Sog‘lom kelajak uchun ishonchli himoya yaratadi.


Sil — havo orqali yuqadigan xavfli yuqumli kasallik. Uni erta aniqlash va oldini olish uchun bolani BSJ vaksinasi bilan emlash juda muhim.

✅Asosan o‘pka zararlansa-da, suyak, buyrak va boshqa organlarga ham ta’sir qilishi mumkin.

‼️Kasallikning dastlabki alomatlari:

✅yo‘talning 2 haftadan ortiq davom etishi;

✅vaqti-vaqti bilan isitmaning ko‘tarilishi;

✅darmon qurib, tez charchash, ortiqcha ko‘p terlash;

✅ozib ketish;

✅ishtahasizlik;

✅ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lishi.

Sil davolanadigan kasallik, ammo erta tashxis qo‘yish juda muhim! O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling va o‘zingizni asrang!

⚡️Sanepidqo'mita Qo'shko'pir tuman bo'limi Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.