Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » 📚 Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

📚 Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

8-06-2026, 09:00
13
📚 Huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan “2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan Qo'shko'pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolarning kundalik hayotida zarur bo‘ladigan huquq va majburiyatlar, huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati hamda qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbirda xodimlarga huquqiy targ‘ibot materiallari yetkazilib, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.