Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati » "Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

"Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

29-09-2026, 10:45
25
"Mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha uchrashuv  o‘tkazildi.

‼️Sanepidqo‘mita Qo'shko'pir tumani bo‘limi  mutaxassislari tomonidan "Polvon"  mahallasida  mahalla faollari va mahalla fuqarolari bilan uchrashuv o`tkazildi.
✅Soha mutaxassislari tomonidan aholiga yuqumli kasalliklar va ularni oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida, shuningdek,  bolalarni virusli gepatit A, qizamiq kasalligiga qarshi emlashning ahamiyati, sanitariya-gigiyena  qoidalariga rioya qilish, aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishni oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida sanitariya targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, kasalliklarni oldini olish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
✅Bolalarni virusli gepatitning A va qizamiqga  qarshi kurashda emlash ishlari o‘tkazilishi kasallikning kamayishi va kasallikni davolagandan ko'ra uning oldini olish afzalligi to‘grisida aytib o'tildi. Yig'ilish yakunida aholini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
🔰Sanepidqo‘mita Qo'shko'pir tumani bo‘limi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.