Kiberxavfsizlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
Kiberxavfsizlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026 yil 27 mart kuni Qo‘shko‘pir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida kiberxavfsizlik hamda narkojinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida sohadagi dolzarb muammolar atroflicha muhokama qilinib, kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet tarmoqlaridagi tahdidlarning oldini olish, shuningdek, narkojinoyatchilikka qarshi profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tartiblari hamda mas’uliyatli yondashuv muhimligi haqida tushunchalar berildi.












