ААА
RRR
ShShSh
Saytdan izlash
O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Qo'shko'pir tuman bo'limi

Saytning odatiy versiyasiga qaytish

Sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.

San epid qo'mitasi Qoʻshkoʻpir tuman Vohimchi MFY Pahtakor koʻchasidagi xonadonlarda sanitariya targʻibot ishlari oʻtkazildi. 
Mutaxassislar tomonidan aholiga tozalikka rioya qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va gigiena qoidalarining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, grip va O‘RVI kasalliklarining oldini olish bo‘yicha aholiga foydali ma’lumotlar yetkazildi.
Bu sanitariya targ'ibot ishining maqsadi – aholining, ayniqsa bolalarning sog‘lig‘ini himoya qilish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdan iboratdir.

Ushbu targ‘ibot ishlari orqali aholiga o‘z sog‘lig‘ini asrash, uy va hovlida tozalikni ta’minlash, ovqatlanish madaniyatiga rioya qilish kabi muhim jihatlar eslatildi va eslatmalar tarqatildi.
---